Bola yo‘l qoidasini buzsa, jarima to‘laydimi?

18.04.2024 22:11
eye icon140
Bola yoʻl qoidasini buzsa, jarima toʻlaydimi?

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi yoʻl harakat qoidalarida piyoda harakatlanayotgan bolalar tomonidan harakat qoidalari buzilsa, kim javobgar boʻlishi belgilangan.

Unga koʻra, «Piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ularning yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʻtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmasligi» huquqbuzarlik hisoblanadi.

Ushbu huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan. Lekin bola voyaga etmaganligi uchun belgilangan qonunchilikka koʻra, “Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga etmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʻlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga etmagan bolalarning maʻmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi" bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʻmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan ishlar voyaga etmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin.

Xulosa oʻrnida aytib oʻtish lozimki, voyaga etmagan shaxslarning sodir etgan huquqbuzarligi uchun ota-onalar masʻul va ularga javobgarlik belgilab qoʻyilgan. Shunday ekan, nafaqat bolalar, balki har bir ota-ona ham etarli darajada huquqiy bilim olishini taʻminlashimiz lozim.

Shirin shahar Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi

Sherali Alikulov

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img