Beshik bolasi - bek bolasi

18.04.2024 18:46
eye icon136
Beshik bolasi - bek bolasi

Qadimdan koʻp musulmon mamlakatlarda bolalarning chaqaloqlik davridan boshlab beshikdan foydalanishgan va bu urf-odatga aylangan. Zamonaviy texnologiyalar kirib kelishi bilan koʻpchilik beshikdan voz kechdi, ayrimlari esa beshikdan hali hanuz foydalanib kelmoqda. Lekin koʻpchilik ayollarni bir savol qiynaydi, «Tibbiyot tomonidan tekshirilganda, beshik bolaga foydami yoki zarar?»

Bu savolga tibbiyotda isbotini topgan javoblarni, maʻlumot sifatida eslatamiz.

Birinchi navbatda beshik nima uchun aynan bola uchun alohida yasalganligiga eʻtibor berish kerak. Beshikning boshqacha shakllari bor belanchak va hozirgi texnologiyalarda ham shu vazifani bajaruvchi bolalar uchun maxsus buyumlar bor. Bularning barchasida birgina xususiyati bor yaʻni – tebranish.

Bu kabi moslamalarning barchasi bolaning tanasiga bir xil taʻsir oʻtkazadi. Yaʻni asab tizimini tinchlantirish maqsadida bir shaklda tebranishidir. Bu bir xil mexanizm bolaning tezroq uyquga ketishi va tinchlanishiga yordam beradi. Misol uchun bola tunda uygʻonib ketsa, uni tinchlansin deb koʻksiga ohista urishadi. Bu ona tilida, «men shu erdaman, sen yolgʻiz emassan» degan tuygʻularni chaqaloqqa olib keladi.

Chaqaloq ham kichik inson, u yashab qolish uchun kurashadi. Kurashish uchun bola nima qiladi? Yaxshi ovqatlanadi, vaqtida uxlaydi hamda yigʻlab oʻzini himoya qiladi. Bolani yigʻlashi ayni mana shu vaziyatda qoʻllaniladi. «Sen himoyaga muhtoj emassan, sen himoyalangansan» degan taʻsirni beshik beradi. Bilsangiz beshikni maxsus matolar bilan, maxsus qoplamalar bilan oʻrab ayrim joylarini ochib qoʻyishadi. Beshikning ustiga maxsus mato qoʻyilishi chaqaloqni xavf-xatarlar toʻsishi uchundir.

Beshikning keyingi foydali xususiyati maxsus taglik bilan jihozlanganligidir. Xalq tilida «sumak» deb ataladigan buyum, beshikka belangan chaqaloqning siydigini tuvakka yoʻnaltiruvchi naysimon asbobdir. Eshikning yoki oynaning tirqishidan siz uchun oddiy toza havo boʻlib kirib turgan shamol bolaning terisi yupqa boʻlganligi uchun uni shamollatib qoʻyishi mumkin. Beshikning yana bir qulayligi – bunday vaziyatda u chaqaloqni bir xil haroratda saqlaydi.

Bolani beshikka belagandan soʻng ona bolaga alla aytib berishi kerak. Bolaning ruhiyatiga, ongiga, asab tizimi yaxshi shakllanishiga onaning alla aytgan ovozi foydali hisoblanadi.

Ona allasi:

Koʻrar koʻzim, alla-yo.

Suyar soʻzim, alla-yo,

Alla, bolam, alla-yo.

Shirin jonim, alla-yo,

Issiq nonim, alla-yo.

Alla, bolam, alla-yo, alla,

Doʻmboqqinam, alla-yo, alla.

 

Beshikning ona allasi bilan bir xil ravishda tebranishi, chaqaloq ruhiyatiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi va tinchlantiradi. Bundan tashqari tuvak va sumak borligi, bolaning tagi doimo quruq boʻlishini taʻminlaydi. Bolaning tagi quruq boʻlsa har xil jinsiy kasalliklardan saqlanadi. Kechasi uyqusi buzilmaydi, beshikda yotgan chaqaloqning suyaklari toʻgʻri rivojlanadi. Chunki beshik har safar tebranganda bolaning tanasi oʻz maromiga joylashib oʻsadi. Chaqaloqning onasi bolani har gal beshikning oʻng va chap qismiga oʻtib emizgani bois, chaqaloqning boshi toʻgʻri rivojlanadi. Shu sababdan ham beshik asrlar davomida qoʻllanilib kelinayotgan milliy qadriyatlarimizdan biri hisoblanadi.

Tibbiyot beshikni kimlarga tavsiya qilmaydi?

Toʻgʻri, yuqorida beshikning foydali xususiyatlari haqida etarlicha toʻxtaldik. Ammo beshik hamma uchun ham ijobiy taʻsir qilavermaydi. Tibbiyotda ayrim bolalarni beshikka yotqizmaslik tavsiya etiladi. Ular quyidagilardir:

1. Bosh miya shikastlanib tugʻilgan bolalarga,

2. Chala tugʻilgan bolalarga,

3. Gipoktsiya bilan tugʻilgan bolalarga,

4. Tugʻma nuqsonlar bilan tugʻilgan bolalarni, yaxshi boʻlib ketishiga qadar yotqizmaslik tavsiya etiladi.

Teglar

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img