Bolajonlarimiz qadriyatlarimizni qadrlashadi

18.04.2024 03:48
eye icon216
Bolajonlarimiz qadriyatlarimizni qadrlashadi
Yunusobod tumanidagi 1-son maktabgacha taʻlim tashkilotida «Milliy anʻanalarimiz, qadriyatlarimizni qadrlaymiz»,  mavzuda tadbir oʻtkazildi. 

Tadbirda MTTdagi barcha guruhlar tarbiyalanuvchilari oʻzlari tayyorlagan ashula, kuy va raqslarini  tashrif buyurgan mehmonlarga namoyish etishdi. 

- Bu tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsadimiz bolajonlarimizga milliy qadriyatlarimiz, anʻanalarimizning mazmun-mohiyatini etkazish, ularda oʻzligimizga boʻlgan mehr-muhabbatni oshirish, tabiatni asrab-avaylash his-tuygʻularini shakllantirishdan iboratdir, - deydi MTT rahbari Nargiza Rixsieva. 


Tadbir davomida sahna chiqishlari va ularda gavdalantirilgan qahramonlar orqali oʻsib ulgʻayib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik, yaqinlarga mehr-oqibatli boʻlish, tabiatni asrash kabi oʻgitlar etkazildi. 

Bu kabi amaliy ishlar kelgusida oʻz natijasini koʻrsatishiga ishonamiz.



Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img