Oʻzbekiston elchixonasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklari vakillari bilan birgalikda Rossiya hududida qonuniy vakillari (ota-onalari) boʻlmagan 17 nafar voyaga etmagan bolalarni Vatanga qaytardi.
«Dunyo» axborot agentligining maʻlum qilishicha, elchixona tomonidan bolalarga Vatanga qaytish uchun bepul sertifikatlar berilgan.
«Oʻzbekistonga qaytarilgan barcha voyaga etmagan bolalar yaqin qarindoshlariga yoki mamlakatimizdagi maxsus bolalar muassasalariga vasiylik qilish uchun topshiriladi», deyiladi xabarda.