3 oyda 4500 kishi oilaviy zo‘ravonlikka uchragan

13.04.2024 20:26
eye icon39
3 oyda 4500 kishi oilaviy zoʻravonlikka uchragan

Oʻzbekistonda 2024 yilning birinchi choragida sudlar 4477 nafar shaxsni oiladagi zoʻravonlik moddalari boʻyicha javobgarlikka tortdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.

Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59−2- moddasi — oiladagi (maishiy) zoʻravonlik boʻyicha 4343 nafar shaxs maʻʻmuriy javobgarlikka tortilgan, ulardan 2344 nafariga jarima jazosi qoʻllangan, 1999 nafari esa maʻʻmuriy qamoqqa olingan. 

Takror yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar bilan sodir etilgan oiladagi (maishiy) zoʻravonlik uchun 134 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 126−1-moddasi bilan sudlangan, shundan 51 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 83 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan.

Ushbu moddalar 2023 yil aprelʻ oyida qonunchilikka kiritilgan. Oʻtgan yil davomida ushbu moddalar boʻyicha 9131 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan.

«Gazeta.uz» qonunlarga kiritilgan, ayollar va bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlashga qaratilgan oʻzgartishlar haqida yozgandi. Ular ustida bir yil davomida vazirlik va idoralar, nodavlat va xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, fuqarolik faollari, jumladan, Nemolchi.uz loyihasining bir guruhi ishlagan.

Maʻʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59−2-moddasi BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʻʻmuriy qamoqqa, Jinoyat kodeksining 126−1-moddasi esa 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga sabab boʻladi.

Yilning dastlabki uch oyida 318 kishi shahvoniy shilqimlik qilishda ayblanib, sudlangani haqida yozgandik. Yana 40 kishi shaxsning shaʻʻni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʻʻlumotlarni oshkor qilishda aybdor deb topilgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img