Farg‘onada o‘qituvchi kaltaklandi

13.04.2024 16:48
eye icon109
Fargʻonada oʻqituvchi kaltaklandi

Fargʻona viloyatining Toshloq tumanidagi maktabda oʻqituvchi oʻquvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Bolalarolami.uz” kuzatuvchilaridan biri xabar berdi. 

Aytilishicha, voqea viloyatning Toshloq tumanidagi 25-maktabda sodir boʻlgan.

Haqiqatan ham, 25-maktabda shunaqa holat sodir boʻlgan. Oʻqituvchining qoshi yorilgan. Voqea haqida IIB xodimlariga ham xabar berilgan. Ayni paytda oʻqituvchi shifoxonada, — deydi “Bolalarolami.uz”ga kelgan maʻʻlumotni tasdiqlagan viloyat Maktabgacha va maktab taʻʻlimi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolov. 

Masʻʻulga koʻra, kaltaklangan oʻqituvchi maktabda jismoniy tarbiya fanidan dars berib keladi. 

Bolalarolami.uz” manbasiga koʻra, oʻqituvchi maktabning 9-sinf oʻquvchisi bilan qarama-qarshilikka borgan. Shundan soʻng oʻquvchining qarindoshlari maktabga kelib, oʻqituvchi bilan koʻrishmoqchiligini bildirgan va yuqoridagi holat roʻy bergan. 

Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati rahbari Ismoil Sharipov voqea haqida surishtirib, batafsil maʻʻlumot berishini maʻʻlum qildi. 

Tahririyatda ayni paytda oʻqituvchining ahvoli haqida aniq maʻʻlumot yoʻq.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img