Limfoma — bolalarda saratonning eng keng
tarqalgan turlaridan biri. Uning belgilari charchoq, isitma singari grippga xos
boʻlgan belgilarga juda oʻxshaydi.
Limfoma
tananing har qanday joyida limfa tugunlarining kattalashishi, shuningdek,
gepatomegaliya (jigar kattalashishi) va splenomegaliya (taloq kattalashishi) bilan
birga kuzatilishi mumkin. Bu holat boshqa kasalliklar bilan ham kuzatilishi
mumkin. Shuning uchun kattalashgan limfa tugunlari har doim ham limfomadan darak
beravermaydi, ammo ularda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni eʻʻtiborsiz qoldirib
boʻlmaydi.
Charchoq,
isitma, ishtahaning yoʻqolishi ham limfoma, ham boshqa kasalliklar uchun xosdir. Bu
tashxis qoʻyishda qiyinchiliklarga olib keladi va natijada qimmatli vaqt behuda
sarf boʻladi. Limfa tugunlarining kattalashuvi yuqori nafas yoʻllarining
infektsiyalari va gripp holatlarida yuzaga kelishi mumkin. Biroq xuddi shu belgilar
limfomadan ham darak beradi. Ota-onalar xavfli alomatlarni qanchalik tez
sezishsa, oʻz vaqtida tashxis qoʻyish va bolani saqlab qolish imkoniyati shunchalik
katta boʻladi.
Bolalarda limfa tugunlarining
kattalashishi sogʻliq uchun zararsiz boʻlishi ham, shuningdek, limfoma belgisi boʻlishi ham
mumkin. Shuning uchun har bir holatni diqqat bilan koʻrib chiqish kerak. Bundan tashqari,
tegishli test, qon tahlili, shuningdek, 2 proeksiyada koʻkrak qafasi rentgeni, UZI,
kompʻyuter tomografiyasi va bioptsiya oʻtkaziladi. Bularning barchasi kasallikni
oʻtkazib yubormay, oʻz vaqtida tashxis qoʻyish uchun yordam beradi.
Muhim belgilar
Agar
infektsiya isitma, vazn yoʻqotish, tungi terlash, kamqonlik va toshmalar, limfa
tugunlarining 1 santimetr va undan ortiq kattalashishi bilan birga kuzatilsa,
bolaning ahvoliga alohida eʻʻtibor qaratish kerak. Agar tugunlar
yumshoq, oson paypaslanadigan, harakatlanuvchan boʻlsa, bu ularning xavfsiz
ekanligini anglatadi. Harakatsiz, klaster (toʻp) hosil qiluvchi tugunlar
metostatik saraton yoki limfomaning belgisi boʻlishi mumkin.
Quyidagilarni
aniq bilish muhimdir:
kasallikning
boshlanish vaqti;
uning
rivojlanayotgan yoki rivojlanmayotganligini;
kasallik
boshlanganidan beri qancha limfa tugunlari kattalashganligini.
Uzoq vaqt davomida hajmi kichraymayotgan
tugunlarni bioptsiya qilish orqali tekshirish kerak.
Bolalar oʻrtasidagi kasallanish
statistikasi shuni koʻrsatadiki, limfoma eng keng tarqalgan onkologik
kasalliklardan biri boʻlib, leykemiya va markaziy asab tizimining oʻsmalaridan
keyin uchinchi oʻrinda turadi.
Erta
tashxis limfomada hayotni saqlab qoladi va davolashda toʻliq muvaffaqiyatni
kafolatlaydi. Shuning uchun oʻz vaqtida tashxis qoʻyish maqsadida bolalarni chuqur
tekshirish kerak.
Shifokorlar bolalarga sogʻlom,
muvozanatlashtirilgan ovqatlanish, muntazam jismoniy mashqlar qilishni oʻrgatishni
tavsiya etadi. Shuningdek, ular chekish joylarida boʻlmasliklari kerak.