Shuningdek, vorislik tushunchasi ham boʻlib bu ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi hisoblanib, mol-mulkni yoki mulkka boʻlgan huquq va majburiyatlarni bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq. Vorislik huquqi fuqarolar vafot etganda ularning maʻʻlum bir huquq va majburiyatlarini boshqa shaxslarga oʻtish tartibini belgilab beruvchi fuqarolik huquqiy normalar yigʻindisidan iboratdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga asosan, vorislik ikki asosda vujudga keladi. Birinchidan vasiyat boʻyicha va ikkinchidan, qonun boʻyicha. Mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan xususiy mulkning taqdirini vafotidan soʻng uning maʻʻlum bir shaxs tomonidan tasarruf qilinishi belgilanmagan hollarda qonun boʻyicha vorislik amalga oshiriladi.
Merosdan chetlashtirish yoki meros olishdan mahrum qilish faqat qonunda belgilangan asoslarda va tartibda sud tomonidan hal qilinadi. Vorislik asoslari qonun boʻyicha vorislikda ham, vasiyat boʻyicha vorislikda ham kelishuv mavzusi boʻlishi mumkin emas. Ammo hayotda va hatto, sud amaliyotida ham bunday kelishuvlar uchrab turadi.
Masalan, notarial tartibda tasdiqlangan guvohnomaga asosan bir fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan uy-joyni va jamgʻarma bankida saqlanayotgan omonat mablagʻini oʻziga tegishli ulushini qonun boʻyicha guvohnomaga asosan oladi. Guvohnoma berilayotganda Qonunchilik asosida merosxoʻrlardan meros tarkibidan qatʻʻiy nazar meros ulushidan voz kechishi yoki qabul qilishi koʻrsatilgan. Baʻʻzi hollarda merosxoʻrlar oʻz huquq va majburiyatlarini tushunib tushunmay voz kechadi. Keyinchalik meros qoldiruvchining boshqa mol-mulkiga daʻʻvo qila olmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi 1148-moddasining 2-bandiga asosan “Merosxoʻr ulushning ortishi huquqi boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan merosdan, merosning qolgan qismiga vorislikdan qatʻʻiy nazar, voz kechishga haqli” deb koʻrsatilgan. Ushbu moddaning 4-bandida “Ushbu moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi” deb koʻrsatilgan. Aynan shu bandi hozirgi kunda juda koʻp muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Buning echimi sifatida Notarius faoliyatidagi amaliyotim va Sudʻyalar Oliy maktabi tinglovchisi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1148-moddasining ushbu bandi quyidagicha shaklda: “Ushbu moddada nazarda tutilgan hollardan tashqari merosning muayyan qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar bilan yoki shartlar qoʻyib voz kechilishiga yoʻl qoʻyiladi, agarda merosxoʻr rozi boʻlmasa sud tartibida hal qilinadi” deb yozilishi juda koʻp muammolarning oʻz echimini topishga ijobiy foyda keltirgan boʻlardi.