Navoiyda o‘qishga kiritishni va’da qilgan ta’magir ushlandi

04.04.2024 20:46
eye icon1145
Navoiyda o‘qishga kiritishni va’da qilgan ta’magir ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Navoiy Innovatsiyalar universitetining 3-bosqichiga imtihon sinovlarisiz oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sariosiyo tumanida yashovchi S.S. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uni 500 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida "Shargʻun" koʻmir koni AJga ishga kiritib qoʻyishini aytib, 6,3 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img