O‘zbekistonlik o‘quvchi Garvardga qabul qilindi

03.04.2024 20:19
eye icon1264
O‘zbekistonlik o‘quvchi Garvardga qabul qilindi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida Top 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan oʻqishga qabul qilindi. Bu haqda bugun, 2 aprelʻ kuni Ixtisoslashtirilgan taʻʻlim muassasalari agentligi maʻʻlum qildi.

Qayd etilishicha, Abdulaziz AQShning bakalavriat kollejlari orasida 11-oʻrinni egallaydigan Grinnell kollejining 300,000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qoʻlga kiritgan. IELTS (Xalqaro ingliz tili test tizimi) dan 8,5 ball hamda SAT (Sxolastik baholash testi) dan 1560 ball sohibidir. 

Shuningdek, u "Zakovat Oʻquvchilar Ligasi" 2022-2023 mavsumi mutlaq gʻolibi – "Et Cetera" jamoasi aʻʻzosi sanaladi va  “Vice-head of the United students" vitse-prezidenti hamda "PSAD" klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

Maʻʻlumot uchun, Garvard universitetida Jon Kennedi, Jorj Bush, Barak Obama, Bill Geyts, Mark Tsukerberg, Robert Oppengeymer, Teodor Ruzvelʻt, Benazir Bhutto singari mashhur shaxslar tahsil olgan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img