Ijtimoiy tarmoqlarda bogʻchada tarbiyachi kichik yoshdagi bolaga nisbatan qoʻpol muomala qilayotganligi aks etgan video tarqaldi.
Bolalar ombudsmani mazkur holatni mutasaddi tashkilotlar bilan birga oʻrganishni boshladi.
Aniqlanishicha, 27-mart kuni Yunusobod tumani maktabgacha taʻʻlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi S.X. ning onasi N.X. guruh tarbiyachisi tomonidan voyaga etmagan farzandiga qoʻpollik qilganligi toʻgʻrisida Yunusobod tumani maktabgacha va maktab taʻʻlimi boʻlimiga murojaat qilgan.
Murojaatda N.X. tarbiyachi S.I. kunduzgi mashgʻulot vaqtida farzandi yigʻlaganligi uchun bolaga qoʻpol munosabatda boʻlib, unga qoʻl koʻtarganligi, buning natijasida farzandining qoʻlida koʻkarishlar borligini bildirgan.
Yunusobod tumani maktabgacha va maktab taʻʻlimi boʻlimi holatni oʻrganishi davomida tarbiyachi haqiqatan ham bolaga nisbatan nihoyatda qoʻpol, pedagog uchun xos boʻlmagan munosabatda boʻlganligi aniqlandi.
Mazkur maktabgacha taʻʻlim muassasasi maʻʻmuriyati tomonidan bunday nomaqbul holatlarga yoʻl qoʻymasligi zarurati taʻʻkidlanib, joriy yilning 29-mart kuni tarbiyachi S.I. ga nisbatan intizomiy chora koʻrildi va tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Hozirda holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan oʻrganilmoqda.