Bolalar tibbiy ko‘rikdan qancha vaqtda o‘tadi?

04.04.2024 20:49
eye icon1056
Bolalar tibbiy koʻrikdan qancha vaqtda oʻtadi?

Bolaning sogʻlom ulgʻayishi alohida parvarish va eʻʻtiborni talab qiladi. Ayniqsa, yosh avlodning har tomonlama barkamol boʻlib kamolga etishida tibbiyot mutaxassislarining tavsiya va maslahatlari juda muhim.

Shu sababli joriy yildan boshlab Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oila shifokorlari va patronaj hamshiralari uchun alohida qoʻllanmalar tayyorlanib, tibbiyot muassasalariga etkazilgan. 

Mazkur kitobchadan har bir yosh toifasidagi oʻgʻil-qizlar salomatligini muhofaza qilish uchun maqsadli tibbiy koʻriklarni qachon amalga oshirish belgilangan.

Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyati doirasida yangi tugʻilgan chaqaloqlarning holati tugʻuruqxonadan chiqqanidan soʻng 3 kun ichida va 15 hamda 30 kunlikda oila shifokori va patronaj hamshirasi tomonidan kuzatib boriladi.

Har oyda 1 marta bolaning boʻy uzunligi, tana vazni, bosh va koʻkrak aylanasi, VBI (vazn-boʻy indeksi) hamda psixomotor rivojlanishi aniqlanadi. 2 oylikda esa chaqaloq nevropatolog va ortoped kabi tor soha mutaxassislari tomonidan koʻrikdan oʻtkaziladi. 

Shuningdek, goʻdak salomatligi yilda 4 marta, yaʻʻni 3, 6, 9 va 12 oylikda, 2 yoshgacha bolalar esa yilda 2 marta, yaʻʻni 18 oylik va 2 yoshda patronaj hamshirasi tomonidan tekshirib boriladi.

1–3 yoshli bolalar har chorakda bir marta oila shifokori va patronaj hamshirasi tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Bunda bolaning boʻy uzunligi, tana vazni, bosh va koʻkrak aylanasi hamda VBI (vazn-boʻy indeksi) aniqlanib, kerakli tavsiyalar beriladi.

Bundan tashqari, har chorakda 1 marta ularning psixomotor rivojlanishi baholab boriladi hamda yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalʻmolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari tomonidan maqsadli tibbiy koʻriklardan oʻtkaziladi.

3 – 5 yoshli bolalar esa har 6 oyda 1 marta tibbiy koʻrik bilan qamrab olinadi. Bunda ularning boʻy uzunligi, tana vazni, bosh va koʻkrak aylanasi hamda VBI (vazn-boʻy indeksi)ni aniqlanib, zarur hollarda ota-onalarga tibbiy maslahatlar beriladi.

Bu yoshdagi bolalar salomatligi, shuningdek 3, 4 va 5 yoshda yiliga 1 marta hamda emlangandan keyin 3 kun ichida 1 marta patronaj hamshirasi tomonidan kuzatib boriladi.  

Qolaversa, har 6 oyda 1 marta bolaning psixomotor rivojlanishi kuzatilib, yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalʻmolog va pediatr kabi tor soha mutaxassislari koʻrigidan oʻtadi.

Rejaga koʻra, 6 – 18 yoshli bolalarning sogʻligi yilda 1 marta oila shifokori tomonidan tekshirilib, salomatlik guruhlariga tasniflanadi. Bunda ularning ham boʻy uzunligi, tana vazni, bosh va koʻkrak aylanasi hamda VBI (vazn-boʻy indeksi) va psixomotor rivojlanishi kuzatiladi.

Shuningdek, ularning salomatligi yilda 1 marta stomatolog, endokrinolog, ortoped, oftalʻmolog va pediatr tomonidan tekshirib boriladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img