Shifoxona zinasi ostidan 20 kunlik chaqaloq topildi

26.03.2024 14:00
eye icon1090
Shifoxona zinasi ostidan 20 kunlik chaqaloq topildi

Joriy yil 21 mart kuni Qashqadaryo viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya bo'limi binosining ikkinchi qavatga ko'tarilish zinasining tagiga noma'lum shaxs tomonidan chaqaloq tashlab ketilgan.

O'sha zahotiyoq Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga xabar berilgan va hodisa sodir bo'lgan joy tergov-tezkor guruhi tomonidan ko'zdan kechirilgan.

Chaqaloq tibbiy ko'rikdan o'tkazilganda tug'ilganiga yigirma kun bo'lgani, umumiy ahvoli qoniqarli, tanasida tan jarohati belgilari aniqlanmagan.

«Hozirgi kunda chaqaloq Kitob tumanida joylashgan viloyat bolalar uyiga joylashtirilgan, sog'lom.
Holat yuzasidan hozirda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi rasmiy xabarda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img