21 aprel' kuni soat 14:00dan 15:00ga qadar bo'lgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati, Oltinko'l tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli Lutfullaev Xushnudbek maktabgacha ta'lim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan o'tgan.
Tashkilot hamshirasining ma'lum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi Lutfullaev Xushnudbekda hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.
Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uyg'otishganda bola o'rnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan o'tkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan o'tganligi ma'lum bo'lgan.
"Bolalar olami" internet nashri nomidan Xushnudbekning oila a'zolariga sabr tilagan holda o'z ta'ziyamizni izhor etamiz!