Duduqlanish: sabab, oldini olish va davolash

19.04.2022 12:30
eye icon2287
Duduqlanish: sabab, oldini olish va davolash

Duduqlanish (tutilib gapirish) — ko'pincha nutqning boshida (ba'zan o'rtasida) paydo bo'ladigan artikulyatsion va hiqildoq mushaklarining spazmatik (toritishishli) harakatlaridir. Natijada bemor bir tovushda (yoki tovushlar guruhida) tutilib qolishga majbur bo'ladi. Duduqlanishning ushbu alomatlari klonik va tonik spazmlar bilan juda o'xshash. Klonik duduqlanishda so'z, bo'g'in va ohanglarni takroriy shakllanishi kuzatiladi. Tonik duduqlanish tovush chiqarish to'xtashi bemor boshqa tovushni artikulyatsiya qilishga o'tishiga imkon bermaydi.

O'zining rivojlanishida duduqlanish 4 bosqichdan o'tadi, vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan tutilishdan tortib, insonning aloqa qilish qobiliyatini cheklaydigan jiddiy shaxsiy muammoga qadar.

Duduqlanishning alomat va belgilari

Nafas olish. Duduqlanishda nafas olish jarayonining buzilishlari orasida nafas olish va chiqarish vaqtida juda ko'p havo sarflanishi qayd qilinadi, bu artikulyatsiya sohasidagi qarshilikning buzilishi tufayli kelib chiqadi. Duduqlanishda nutqiy nafas olish buzilishi bemor tomonidan inspirator-unli va protorli tovushlarni hosil qilishda yotadi. Boshqacha qilib aytganda, ovoz boylamlarining harakati va protor shovqinni shakllantirish uchun bemor olingan nafas havosini qo'llaydi.

Qisqa nafas chiqarish nafaqat nutq vaqtida, balki dam olish paytida ham kuzatiladi.

Ovoz. Tovushni talaffuz qilishga harakat qilish ovozning paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladigan ovoz teshigining spazmatik tarzda yopilishi bilan birga kechadi. Xuruj vaqtida hiqildoq tez va keskin yuqoriga, pastga va oldinga qarab harakatlanadi. So'zni maromida talaffuz eta olmaganligi sababli, bemorlar unlilarni qattiq tarzda gapirishga harakat qilishadi. Shivirlab gapirish va kuylashda alomatlarning yumshalishi qayd qilinadi, ba'zan nutqning to'liq normallashishiga qadar.

Artikulyatsiya. Artikluyatsiya apparatidagi funktsional buzilishlar bilan bir qatorda, duduqlanishda somatik buzilishlar ham kuzatiladi. Masalan, tanglayning chuqur bo'lishi, tilni chiqarishda uni bir tomonga og'ganligi, burun bo'shlig'ida — burun to'sig'ining qiyshayganligi, chig'anoqlarning gipertrofiyasi.

Birgalikda kechuvchi harakatlar — bu duduqlanib qolish vaqtida yuzaga keladigan harakatlardir, ular zaruriy emas, ammo ayni paytda bemor tomonidan ongli harakat sifatida amalga oshiriladi. Duduqlanish xuruji paytida bemorlar boshini orqaga tashlashi, oldinga egishi, ko'zlarini yumishi, mushtlarini qisishi, elka qisishi, oyoq bilan erni urishi, bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa o'tishlari mumkin. Bir so'z bilan aytganda, tonik yoki klonik tortishishlar deb ataladigan harakatlar qilish.

Psixika. Duduqlanish rivojlanishi bilan ma'lum ruhiy buzilishlar yuzaga kelishi muqarrar. Eng ko'p uchraydiganlari harflar, bo'g'inlar va so'zlar oldidagi qo'rquv, ya'ni ularni talaffuzidan. Duduqlanish bilan og'rigan bemorlar, nutq davomida bunday harflar va so'zlardan qasddan qochishadi, iloji bo'lsa, ular boshqalariga almashtirishga harakat qilishadi. Xuruj davrida mutloq gunglik paydo bo'lishi mumkin. Normal so'zlasha olmaslik haqidagi fikrlar boshqalardan kamlik va butun «men»i nuqsonli ekanligini anglashgacha olib borishi mumkin.

Duduqlanishning rivojlanish fazalari

1-faza. Duduqlanishning kichik epizodlari, ravon nutq davrlari qisqarishi kuzatiladi. Duduqlanishni birinchi bosqichining oxiri quyidagi belgilar bilan belgilanadi:

Talaffuzdagi qiyinchiliklar ko'pincha jumlaning dastlabki so'zlarida uchraydi;

Duduqlanish epizodlari bog'liq gaplar, ko'makchi so'zlar va nutqning boshqa qisqacha qismlarini so'zlashda paydo bo'ladi;

«Kommunikativ bosim» duduqlanishni og'irlashtiradi;

Bola so'zlashish bilan bog'liq qiyinchiliklariga munosabat bildirmaydi, u xijolat bo'lmasdan gapiradi. Hech qanday tashvish, nutqdan qo'rqish yo'q. Bir zumdagi emotsional chaqnash duduqlanishni chaqirishi mumkin.

2-faza. Aloqa qilishda muammolar, birgalikda kechiuvchi harakatlar yuzaga kela boshlaydi. So'zlashishdagi qiyin vaziyatlar soni asta-sekin oshib boradi.

Muammo surunkali tus oladi, ammo xurujlarning og'irligi farq qiladi;

Talaffuz bilan bog'liq muammolar ko'pincha qiyin so'zlardan iborat bo'lgan paglarni tez talaffuz qilishda yuzaga keladi, nutqning qisqa qismlarida esa kamroq uchraydi;

Bola nutqining buzilishidan xabardor, ammo o'zini duduq deb hisoblamaydi. Har qanday vaziyatda erkin gapiradi.

3-faza. Spazmatik sindromning mustahkamlanishi. Biroq, bemorlar nutqdan qo'rqishmaydi va noqulaylik sezishmaydi. Ular muloqot qilish uchun har bir imkoniyatdan foydalanadilar. Davolash taklifi bemor tomonidan qo'llab-quvvatlanmaydi yoki g'ayratga undamaydi. Ular o'zlarini xotirjam tutishadi.

Bemorlar duduqlanishlari tufayli ba'zi vaziyatlarda so'zlashish qiyin bo'lishini anglab etadilar;

Muayyan tovushlar, so'zlar bilan bog'liq qiyinchiliklar paydo bo'ladi;

«Muammoli» so'zlarini boshqalar bilan almashtirishga urinishlar qayd qilinadi.

4-faza. Ushbu fazada duduqlanish — katta shaxsiy muammodir. Duduqlanishga yorqin emotsional reaktsiyalar paydo bo'ladi, natijada bemor gapirishdan qochishga harakat qiladi. Agar ilgari bemor vaqti-vaqti bilan «muammoli» tovushlarni (so'zlarni) boshqasiga almashtirishga harakat qilgan bo'lsa, endi bu doimiy tus oladi. Bemor o'zining duduqlanishiga boshqalarning munosabatini diqqat bilan tinglashni boshlaydi.

Asoratlar

Duduqlanish mavjudligi bolani so'zlashuv vaziyatlaridan qochishga majbur qiladi, natijada uning muloqot doirasi va natijada umumiy rivojlanish darajasi qisqaradi. Shubha, ehtiyotkorlik, o'zi va tengdoshlari o'rtasidagi farq mavjudligi hissi yuzaga keladi. Bola va ota-onasi (sinfdoshlar, tengdoshlar) o'rtasidagi tushunmovchilik tufayli, ajralganlik va kamsitilganlik hissi paydo bo'ladi. Ta'sirchanlik oshadi, qo'rquv paydo bo'ladi, bu ruhiyatning tushkunligiga va duduqlanishni yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Duduqlanish bola o'zini noqulay his qilishi, uyatchanligi va odamoviligi tufayli maktabda o'zlashtirishning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Muammoning rivojlanishi kasb tanlash hamda oila yaratishga xalaqit berishi mumkin.

Oldini olish

Duduqlanishni oldini olish usullari ikki guruhga bo'linadi. Ulardan biri bolaning sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, ikkinchisi — bolaning nutq taraqqiyotini tashkil etishdir. To'laqonli ovqatlanish, doimo parvarish qilish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish bolaning aqli va nutqi rivojlanishining, sog'lig'ini saqlash va mustahkamlashning muhim tarkibiy qismidir. Asab tizimining normal ishlashi va uni ortiqcha yuklamaslikning oldini olish tetiklik va uyquning to'g'ri almashinuvi bilan ta'minlanadi.

Bolalarning ruhiy holatini haddan ortiq ma'lumot yukidan («kattalar» teleko'rsatuvlarini ko'rish, yotishdan oldin o'ta kuchli emotsiyali hikoyalar o'qish), qo'rqishiga sabab bo'lishi mumkin bo'lgan vaziyatlardan himoya qilish kerak.

Bolaning nutqi to'liq rivojlanishi uch yo'nalishni o'z ichiga olishi kerak.

Birinchisi, dunyoqarash, tushunchalar va atrof-muhit haqidagi qarashlar, hodisalar va narsalar (o'yinlar, yurishlar, kitoblarni o'qish)ni kengaytirish.

Ikkinchisi — bolaning nutqida tutilishni oldini olish va kuzatilganda choralar ko'rish, ravon va sekin gapirishni, fikr va istaklarni mantiqiy va izchil tushuntirishga o'rgatish kerak.

Uchinchisi — ovozning to'g'ri talaffuz qilinishi, ritmi va tempini shakllantirish. Biroq, bolani yangi axborot bilan me'yorida, asta-sekin tanishtirish kerak.

Duduqlanishini tuzatib, uning qaytalanishini oldini olish uchun qulay psixologik muhitni ta'minlovchi shart-sharoit yaratish kerak.

Dilmurod TILOVOV

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img