Ekranga ko‘p tikilishning zararlari qanday?

07.03.2024 12:31
eye icon1147
Ekranga ko'p tikilishning zararlari qanday?

Texnika asrida ko'plab odamlar o'z bo'sh vaqtlarini ekran qarshisida sarflashni afzal ko'rishmoqda. Ushbu vaqtning mazmunli va foydali o'tishi boshqa masala bo'lsa, ekrandan ko'p foydalanishning zararlari ham talaygina. Televizor, telefon, komp'yuter yoki boshqa qurilmalarga bugungi kunda ko'pincha bolalar mukkasidan ketayotgani tashvishli va xavfli holat. Quyida, ekrandan uzoq vaqt foydalanishning barcha uchun birdek xavf soladigan zararlari haqida bilib olasiz.

Semirib ketish
Odatda ekrandan foydalanish uzoq vaqt davomida bir nuqtada harakatsiz holda amalga oshadi. Bu esa harakatlar cheklangani uchun semizlik xavfini oshiradi. Qolaversa, yurak-qon tomir kasalliklari kabi surunkali kasalliklarni chaqirish ehtimoli mavjud. Ko'p vaqt ekran oldida bo'lish pala-partish ovqatlanish olib keladi, bu esa ko'pincha kattalar va bolalarda semizlikni yuzaga keltiradi.

Uyqusizlik
Ekran qarshisida uzoq vaqt bo'lish uyqu tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ulardan chiqadigan zararli nurlar tanadagi melatonin darajasini sezilardi pasaytiradi. Mazkur gormon sizning uxlash va uyg'onish vaqtingizni tartibga soladi. Uning kamayishi ortidan esa uyqu tsikli buzilishi yuz beradi. 

Ko'z muammolari
Zamonaviy gadjetlarning bugungi kundagi eng keng tarqalgan zarlarlaridan biri bu ko'rishning buzilishidir. Uzoq tikilish va xavfli nurlanish oqibatida ko'zda zo'riqish, quruqlashish, xiralashuv, achishish holatlariga sabab bo'ladi. 

Tananing ort qismi muammolari
Agar siz telefon, planshet, TV, umuman olganda, ekranlarga uzoq vaqt tikilib tursangiz, bu sizda bo'yin muskullari va umurtqa pog'onangizga og'irlik yuklaydi. Bundan so'ng esa bosh va bel og'rig'i yuzaga kelish xavfi yuqori. 

Xulq-atvorga ta'sir
Ekrandan haddan ortiq ko'p foydalanish qaramlikni vujudga keltiradi. Qolavera, insonning ruhiy salomatligini shikastlashi va xatti-harakatlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img