2020 yilda 11, 13 va 16 yoshli 5147 bola ishtirokida o'tkazilgan tadqiqotda gazli ichimlik iste'moli va agressivlik o'rtasida bog'liqlik borligini aniqlangan. Mazkur tadqiqot mualliflari gazli ichimliklarni tez-tez iste'mol qilish ko'proq agressiv xatti-harakatlar, zo'ravonlik va depressiv alomatlar bilan bog'liq degan xulosaga kelishgan. Bu nima uchun ekanligi noma'lum, ammo javob gazli ichimliklar yuqori darajada qayta ishlanganligi va muammoli bo'lishi mumkin bo'lgan ko'plab mahsulotlarni, jumladan, asabiylashish bilan bog'liq bo'lgan aspartam va boshqa moddalarni o'z ichiga olishi mumkin. Kofein ham xulq-atvor muammolarining manbai hisoblanadi.
Shuningdek, shifokorlar Aynan Coca-Cola insulinning keskin ajralib chiqishi bilan chaqaloq organizmiga zararli ekanligini aniqlashgan. Sindrom huddi atseton darajasini ortishi bilan boradigan: oshqozon ishini buzilishi, ichakdagi og'riqlar va qusish bilan birga kechadi.
Shu sababli avvalo farzandlaringizga kuchli gazlangan ichimliklar iste'molini taqiqlashingiz lozim. Bunda esa albatta ota-ona va kattalar o'zlari o'rnak bo'lishlari katta ahamiyatga ega.