Prezident bolaga jinsiy tajovuz holati tufayli iste‘foga chiqdi

12.02.2024 00:36
eye icon1311
Prezident bolaga jinsiy tajovuz holati tufayli iste'foga chiqdi

Vengriya Prezidenti Katalin Novak bolaga jinsiy zo'ravonlik holati bilan bog'liq muammo tufayli iste'foga chiqishga majbur bo'ldi. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu vaziyat mehribonlik uyidagi bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy tajovuz bilan bog'liq. U erda sodir bo'lgan holatni direktor o'rinbosari yashirishga yordam bergan.

Mazkur voqea bo'yicha bo'lib o'tgan sud jarayonida yuqorida tilga olingan direktor o'rinbosari sherik sifatida ayblanuvchilar qatorida bo'lgan. Mamlakat prezidenti uni  afv etishga buyruq berishi fuqarolar orasida keskin norozilikni keltirib chiqardi.  Keskin tanqidlar, bosimlar va uzoq qarshilik namoyishlaridan so'ng prezident Novak iste'fosini e'lon qildi.

«Men xato qildim. Bugun president sifatida sizlarga so'nggi marotaba murojaat qilmoqdaman»,- dedi u televidenieda efirga uzatilgan nutqida. «Mahkum o'zi nazorat qilgan bolalardan foydalanmasligiga ishonib, avf etish uchun qaror qabul qildim. Men xatoga yo'l qo'ydim. Mulohaza qilmaslik pedofiliyaga nisbatan nol' bardoshlilik haqida shubha uyg'otishga mos edi».- deya qo'shimcha qildi u.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img