Qanday kashalar bola uchun zararli?

06.04.2022 09:42
eye icon1961
Qanday kashalar bola uchun zararli?

Ko'pchilik sut etarli bo'lmasligi yoki umuman sut kelmasligi tufayli farzandini ona sutining o'rniga bolalar bo'tqasi bilan oziqlanishga o'tadi. Xo'sh,  O'zbekiston bozoridagi qaysi kashalar bola uchun eng xavfsiz? 

Kasha xar kungi ovqat bo'lgani tufayli ko'pchilik kashaning qimmat bo'lmagan turini sotib oladi. To'g'rirog'i shunga majbur bo'ladi. Ya'ni undan muntazam sotib olganligi bois, doim ham qimmatroq (ehtimolki, sifatliroq) turini olishga imkoniyati bo'lmasligi mumkin. Shu sababli quyida ushbu bolalar ozuqasining zararli jixatlariga to'xtalib o'tamiz. Mutaxassislarlarning bildirishicha, kashaning bola sog'lig'iga zarari asosan uchta bo'lishi mumkin: 

1. Tarkibidagi shakarning keragidan ortiq bo'lishi.
2. Kashaning uzoqroq saqlanishi uchun zararli konservantlar ko'p bo'lishi.
3. Pal'ma yog'ining sifatsizi ishlatilishi.

Afsuski, bugungi kunda bozor va do'konlarda bqoridagi sanab o'tilgan jixatlarga ega kashalarni talaygina uchratish mumkin. Buning ortidan esa bolalar diabeti, pankreatit,  gipertrofiya, ichaklar ta'sirchanligi, raxit va boshqa bir qator surunkali kasalliklarni aynan shunday sifatsiz kashalardan orttirib olish mumkinligi ma'lum qilingan. Shu sababli bolani 2 yoshgacha imkon qadar ona suti bilan oziqlantirishga, bunga imkon bo'lmagan taqdirda esa kashaning sifatiga e'tiborli bo'lish uning kelajakda sog'lom bo'lib voyaga etishida muxim dasturilamal bo'ladi

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img