«Zamdirektor» ikki o‘quvchini urib, jarohat etkazgani aniqlandi

18.01.2024 19:17
eye icon1308
«Zamdirektor» ikki o'quvchini urib, jarohat etkazgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xatirchi tumanidagi 55-umumta'lim maktabi direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari Abror Qurbonov 11-sinf o'quvchisini urib, unga tan jarohati etkazgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Unda aytilishicha, bu Abror Qurbonovning o'quvchilarga jarohat etkazgan ilk holati emas: u oldinroq – 2023 yilning oktyabr oyida maktabning 10-sinfida o'qiydigan o'quvchini ham qulog'iga urib, jarohatlagan.  

Chorshanba kuni edi, dars bo'lmagani uchun oshxonaga kirdik. Shu payt “zavuch”imiz kelib, nima qilyapsizlar bu erda, deya so'radi. Test ishlab o'tirganimizni aytdim. Keyin oyog'imdan tepdi. Oyog'imning bir tomirchasi yorilib ketib, qonab yurdi. Keyin shifokorga bordim va gips qildirib keldim”, deydi oyog'idan jarohat olgan o'quvchi Kun.uz'ga qilgan murojaatida.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, direktor o'rinbosariga nisbatan birinchi holat bo'yicha 2023 yilning oktyabr oyida Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) va 52-moddasi (engil tan jarohati etkazish) bilan, ikkinchi holat bo'yicha esa 2023 yilning noyabr oyida Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 52-moddasi bilan ma'muriy ish qo'zg'atilgan hamda to'plangan hujjatlar sudga yuborilgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmatiga ko'ra, holat bo'yicha maktab direktoridan tushuntirish xati olingan. Direktor o'rinbosari esa ayni paytda mehnat ta'tiliga chiqib ketgan. Tegishli chora u ishga qaytgach ko'riladi.

Shuningdek, Respublika Bolalar ombudsmani ta'lim muassasida o'quvchilarga nisbatan sodir etilgan bunday zo'ravonlik holatlarining oldi olinishi yuzasidan ko'rilayotgan choralar Xatirchi tuman prokuraturasi nazoratida ekanini ma'lum qilgan.

Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan o'z kuzatuvini davom ettirishi qo'shimcha qilingan.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img