Aliment haqida qonunchilikda nimalar belgilangan?

05.04.2022 10:38
eye icon1865
Aliment haqida qonunchilikda nimalar belgilangan?

Voyaga etmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota yoki onadan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug'iga asosan ma'lum miqdordagi moddiy mablag' ya'ni aliment undiriladi.
Voyaga etmagan bolalariga aliment to'lash va ularga ta'minot berishda ota-onaning majburiyatlari tengdir. Ya'ni aliment faqatgina otadan emas, onadan ham undirilishi mumkin.

Ota-ona voyaga etmagan bolalariga ta'minot berish uchun aliment to'lash tartibini o'zaro kelishgan holda belgilashga haqlidirlar.  

Agar voyaga etmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo'lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun  4/1 qismi, ikki bola uchun 3/1 qismi, uch va undan ortiq bola uchun 2/1 miqdorida undiriladi. 

Aliment miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko'paytirilishi mumkin. 

Ota yoki onadan har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizidan kam bo'lmasligi kerak. 

Nafaqat ota-ona balki, voyaga etgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o'z ota-onasiga ta'minot berishlari va ular to'g'risida g'amxo'rlik qilishlari shart.    

Agar aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo'lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo'lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O'zbekiston Respublikasidagi o'rtacha oylik ish haqi miqdori bo'yicha hisoblab chiqiladi.

Agarda  shaxs aliment to'lamaganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgandan keyin 2 oydan ortiq vaqt mobaynida alimentni to'lamasa, Jinoyat kodeksining 122-moddasida ko'rsatilgan javobgarlikka tortilishi mumkin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img