Homilador yoki sut emizuvchi ayolning ro‘zasi

03.04.2022 15:16
eye icon1362
Homilador yoki sut emizuvchi ayolning ro'zasi

Joriy yil 2 apreldan muborak ramazon oyi boshlandi. Bu oyda ro'za tutish farz amallardan bo'lib, yuksak ajrlar berilishi va'da qilingan. Shu sababli mazkur oyda bilishimiz kerak bo'lgan ayrim masalalarga birma-bir to'xtalishni maqsad qildik.
Bugungi maqolamizda homilador yoki sut emizuvchi ayollarni ro'za tutish borasida qiziqtiradigan savollarga javob topishga harakat qilamiz. Xususan, ular ham ro'za tutsa bo'ladimi, tutmasa nima qiladi, qanday holatda ro'za tutmaydi va hokazo.
 
Demak, homilador yoki sut emizuvchi ayol, aslida ro'za tutishga buyurilgan. Faqat ular uzrli holatdagina ro'za tutmasliklari mumkin. Bunda ularning o'zlariga yoki bolalariga zarar etadigan, etish xavfi bo'lsa, uzr bo'ladi. Chunonchi, Alloh taolo Qur'oni karimda bunday degan:
“Bas, sizlardan kimki bemor yoki safarda bo'lsa, sanog'i boshqa kunlardadir”. (Baqara surasi, 184-oyat). 
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda ham bunday ta'kidlanadi: 
“Albatta Alloh taolo musofirdan ro'zani va namozning yarmini, homilador va sut emizuvchi ayoldan esa ro'zani (farziyatini) olib qo'ygan”. 
Homilador va sut emizuvchi ayol bu o'rinda kasal hukmidadir. Ular boshqa qulay vaqt topilganda, o'tkazib yuborgan ro'zalarining qazosini tutib beradilar. Mazhabimizning ittifoqiy fatvosiga ko'ra, ularga boshqa hech qanday fidya lozim emas.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, homilador yoki sut emizuvchi ayollar o'zlarining va farzandlarining salomatligiga zarar etmaydigan holatda ro'za tutishlari lozim. Buning uchun shifokor bilan maslahatlashib, agar qarshi ko'rsatma bo'lmasa tutishlari, bo'lmasa keyinga qoldirishlari mumkin bo'ladi. Vallohu a'lam.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img