Endilikda bir qator ijtimoiy to'lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Prezident farmoniga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to'lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o'tkazildi:
Bunda ijtimoiy to'lovlar uchun ariza berish, ularni ko'rib chiqish, tayinlash va to'lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to'lovlar bilan bog'liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.
Ma'lumot uchun, ayni paytgacha O'zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida xizmatlarni ko'rsatish bir necha tashkilotlarga yuklatilgandi. Endilikda bosqichma-bosqich ijtimoiy himoya masalalari agentlik tasarrufiga o'tadi.