Go‘dakka shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgan erkak jizzaxlik ekani ma‘lum bo‘ldi

28.12.2023 21:08
eye icon2013
Go'dakka shafqatsizlarcha munosabatda bo'lgan erkak jizzaxlik ekani ma'lum bo'ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi go'dak bolaga turli shakldagi qiynash, uni hayoti va sog'lig'ini xavfga soluvchi harakatlar qilayotgani tasvirlangan video tarqaldi. 

Aniqlanishicha, insoniylikka mutlaqo zid mazkur jinoiy harakatlar Jizzax shahrida yashovchi, bolaning otasi deb aytilayotgan shaxs A.B. tomonidan farzandiga muttasil ravishda sodir etilgan. 

Mazkur holat yuzasidan bolaning onasi IIBga murojaat etib, 2023 yil 20 dekabr' kuni JKning 110 (Qiynash), 112 (O'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo'yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday g'ayriinsoniy munosabatda bo'lgan shaxslarga qonun doirasidagi javobgarlik qat'iy ta'minlanishi yuzasidan o'z kuzatuvini davom ettiradi.» – deb yoziladi Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning sahifasida.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img