Endi 100 nafar o‘quvchi chuqur tayyorlanadi. Qanday shart bilan?!

20.12.2023 19:10
eye icon2114
Endi 100 nafar o'quvchi chuqur tayyorlanadi. Qanday shart bilan?!

Prezidentimiz 2026 yilda Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor mamlakatimizda o'tkazilishini ma'lum qildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga «maktab – tuman – viloyat – respublika» bosqichida tanlovlar o'tkazib, 5-8 sinf o'quvchilari orasidan eng salohiyatli 100 nafarini tanlab olish topshirildi.

IT yaxshi rivojlangan davlatlardan malakali ekspertlar jalb qilingan holda o'quvchilar bo'lajak xalqaro olimpiadaga chuqur tayyorlanadi.

«Raqamlashtirish, eng avvalo, mahalladan boshlanishi kerak»,  dedi davlatimiz rahbari yig'ilishda.

Hozir «mahalla beshligi» planshet va komp'yuter bilan to'liq ta'minlangan. Lekin mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi va xotin-qizlar faoli raqamli texnologiyalardan qanchalik foydalanayotgani savol ostida.

Masalan, yoshlar etakchisiga subsidiya olish uchun murojaat qilgan fuqaro haligacha mahalla raisi, hokim yordamchisi yoki bandlik bo'limidan ishsizlik to'g'risida ma'lumotnoma olib kelishga majbur.

«Qachon mahallaga raqamlashtirish to'liq kirib borsa, shundagina «Elektron hukumat» ishlab ketdi, deb ayta olamiz», dedi Prezident.

Mutasaddilarga 1 martga qadar «Raqamli mahalla» yagona platformasini ishga tushirish va «mahalla ettiligi»ni raqamli tizimlardan foydalanishga o'qitish topshirildi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img