Bolalar ombudsmani endi har yili Parlamentda ma‘ruza qiladi

16.12.2023 10:00
eye icon1095
Bolalar ombudsmani endi har yili Parlamentda ma'ruza qiladi

Kecha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to'g'risida»gi qonun loyihasi ikkinchi va uchinchi o'qishda ko'rib chiqilib, qabul qilindi.

Mazkur Qonun 7 ta bob, 44 ta moddadan iborat bo'lib, unda Bolalar ombudsmani faoliyatini samarali tashkil etilishiga xizmat qiladigan qoidalar o'z aksini topgan. Jumladan, 

Parlament majlislarida Bolalar ombudsmani ma'ruzasi har yili eshitilishi ko'zda tutilmoqda; 

Bolalar ombudsmaniga mansabdor shaxslarga qonunchilik buzilishiga yo'l qo'ymaslik to'g'risida ogohlantirish va taqdimnomalar kiritish huquqi berilmoqda;

Bolalar ombudsmanining Oliy Majlis, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etish va masalalar kiritish huquqi mustahkamlanmoqda. Mazkur huquq orqali Bolalar ombudsmani parlamentda, ijro organlarida va sudlarda bola huquqlarini maxsus himoya qiladi, mazkur organlar e'tiborini aynan bola manfaati ustunligiga qaratadi;

Surishtiruv, tergov organlari va sud voyaga etmaganlarning hayoti, sog'lig'i yoki jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlarga oid qabul qilgan qaror, hukm (ajrim)lari to'g'risida Bolalar ombudsmanini yozma ravishda xabardor qilishi shart. 

Shu bilan birga, qonun bilan Bolalar ombudsmaniga:

  • voyaga etmagan shaxs ishtirok etgan jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish va ulardan ko'chirma nusxalar olish;
  • bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sudlarda ishtirok etish;
  • hukm bilan tanishib, bola manfaatidan kelib chiqib, prokuraturaga hukm ustidan protest bildirish haqida murojaat qilish kabi huquqlar berilmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img