Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta‘minlash tartibi qanday?

30.03.2022 12:32
eye icon1658
Ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni uy-joy bilan ta'minlash tartibi qanday?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga ko'ra, etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibi o'rnatilgan.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 15 avgustdan turar joyga ega bo'lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga ular 18 yoshga to'lgan yilda ko'p kvartirali uy-joylardan maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo'lmagan 1 xonali, voyaga etgan etim bolalar o'rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo'lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladi. Bunda, mazkur toifaga kiruvchi nogironligi bo'lgan bolalarga kvartiralar ko'p qavatli uylarning uchinchi qavatigacha ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, Prezident qarori bilan quyidagi o'zgarishlar ham nazarda tutiilgan:

– kvartiralar hokimliklar tomonidan ko'chmas mulkning birlamchi bozoridagi shahar va tumanlarda qurilgan ko'p kvartirali uy-joylardan xarid qilinadi;

– ko'chmas mulk birlamchi bozorida mezonlarga mos keladigan kvartiralar mavjud bo'lmaganda, hududiy “Xalqparvar” komissiyalari xulosasiga asosan kvartiralar ko'chmas mulkning ikkilamchi bozoridan xarid qilinadi;

– uy-joylar bilan ta'minlash “onlayn-navbat” tizimi asosida amalga oshiriladi, bunda navbatga o'zgartirish kiritilishiga hamda navbatidan oldin keyingi navbatdagi bolalarga uy-joy ajratilishiga yo'l qo'yilmaydi.

 

Etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida ajratiladi. Biroq ularga 30 yoshga to'lguncha uy-joyni sotish, hadya qilish yoki garovga qo'yish yoxud ijaraga berish hamda uy-joyda o'zi va oila a'zolari (eri yoki xotini, farzandlari)dan tashqari boshqa fuqarolarni doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish huquqi berilmaydi.

Faqatgina etim bola yoki ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolaning asoslantirilgan murojaati asosida mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joyning umumiy maydonini kengaytirish va tegishli talablarni saqlab qolish sharti bilan sotishga ruxsat beriladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img