Bog‘cha tarbiyachilari bolalarni qulog‘idan tortib sudragan video tarqaldi

15.12.2023 23:16
eye icon1840
Bog'cha tarbiyachilari bolalarni qulog'idan tortib sudragan video tarqaldi

Xorazmdagi bog'chalardan birida tarbiyachilarning bolalarni oyog'i bilan tepib, hatto tayoq bilan urib mashg'ulot o'tkazishayotgani aks etgan videoyozuvlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Videoda muassasa tarbiyachilaridan biri bolalarning qulog'idan tortib, ularni sudragan va elka qismlariga urgan.

Bolalar ombudsmaniga ko'ra, holat viloyatning Urganch tumani Chondirqiyot qishlog'i Tadqiqotchilar mahallasida joylashgan 23-sonli MTMda bo'lib, bunda tarbiyachi R.G. va yordamchi tarbiyachi A.M. tarbiyalanuvchilar R.S., M.S., U.Z., S.T.larga nisbatan turtish, tepish, qulog'idan tortish, boshiga urish kabi nomaqbul xatti-harakatlar sodir qilgan.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining ma'lum qilishicha, ish faoliyati davomida yo'l qo'ygan qo'pol xato va kamchiliklari uchun tarbiyachi va yordamchi tarbiyachisi R.M va A.M bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img