Bu mahsulotlarni bolangizga bermang!

29.03.2022 14:44
eye icon1471
Bu mahsulotlarni bolangizga bermang!

Bolaning tanasi deyarli har qanday oziq-ovqatni muammosiz hazm qilib, moslashtira oladi degan qarash mavjud. Lekin aslida bunday emas. Kelajakda sog'liq borasidagi muammolarning oldini olish uchun ota-onalar bolaning ovqatlanishini to'g'ri rejalashtirishi kerak. Bundan tashqari, bolalarga yoqadigan ba'zi mahsulotlar qisqa muddatda o'sib borayotgan organizmga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Ko'pgina tadqiqotchilar shakarni ko'p iste'mol qilish va bolalarda  ikkinchi toifa diabet kasalligining ortib borishi o'rtasidagi bog'liqlik mavjud ekanini ta'kidlaydi. Shuningdek, shifokorlar bolalarda semirishning ko'payishidan jiddiy xavotirda. Ammo bu muammolarning aksariyatini qiyinchiliksiz bartaraf etish mumkin. Buning uchun quyidagi yeguliklarni bolalar ratsionidan chiqarib tashlash kifoya.

Sharbat

Mutaxassislar sharbat bolalar uchun foydali degan keng tarqalgan fikr noto'g'ri ekanini ma'lum qilgan. “Bolalar uchun” deb yozilgan rangli qadoqlar sizni osonlikcha chalg'itishi va o'ziga jalb qilishi mumkin. Aslida esa bunday sharbatlarda shakar juda ko'p. Hatto mutlaqo tabiiy deb aytilgan sharbatlar ham o'z ta'mini yo'qotadigan jarayondan o'tadi. Ushbu ichimliklar foydali deb sanaladi, chunki ular tarkibida ma'lum miqdorda vitamin va ozuqa moddalari bo'lishi mumkin, ammo sharbatga qo'shilgan shakar butun foydani yo'qqa chiqaradi. Sharbat o'rniga bolalarga nafaqat vitaminlar, balki sharbatlarda mavjud bo'lmagan kletchatkani o'z ichiga olgan mevalarni berish tavsiya etiladi.

Yogurt

Yogurt kuchli probiotik bo'lib, oshqozon mikroflorasini tiklaydi. Ushbu mahsulot tarkibida kalsiy, kaliy, vitamin B6 va magniy ham mavjud bo'lib, bu bolalar uchun juda foydali. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bugungi kunda ko'plab ishlab chiqaruvchilar mazali bo'lishi uchun yogurtlarga shakar qo'shadi. Yogurt xarid qilishda shakar tarkibiga e'tibor berish kerak. Ikki yoshdan oshgan bolalar uchun asal ajoyib tabiiy ta'm beruvchi hisoblanadi. Bundan tashqari, yangi meva, rezavor va yong'oqlarni qo'shib, ta'mni yanada boyitish mumkin.

Yorma

Bir stakan yormaga ozgina sut qo'shsa, tez va to'yimli nonushta tayyor bo'ladi. Ko'pgina don ishlab chiqaruvchilar o'zining mahsuloti bolalar uchun ajoyib ekanligini ta'kidlaydi, lekin aslida u juda ko'p shakar va qo'shimchalarni o'z ichiga oladi. Ertalab meva yoki bir nechta tuxum va bug'doy yoki jo'xori unidan nonushta tayyorlashga vaqt ajratish tavsiya etiladi.

Tovuqli naggets

Tovuqli yeguliklar bolalar uchun sevimli taomdir. Ishlab chiqaruvchilar esa ularni haqiqiy tovuqdan tayyorlanganligini ta'kidlaydi, ammo bu ham doim to'g'ri ma'lumot bo'lavermasligi mumkin. Tovuq naggetslari tana uchun umuman foydali bo'lmagan trans yog'larining aralashmasida qovuriladi.
Agar bolalar buni chindan ham yoqtirsa, uy sharoitida ham ularni tayyorlash mumkin. Bu qiyin emas. Buning uchun tovuq go'shti bo'laklarga ajratiladi, uni bir chimdim tuz bilan ko'pirtirilgan tuxumga, quritilgan non bilan aralashtirilgan ziravorlarga botirib olinadi. So'ngra pechda pishiriladi. Qarabsizki, ham mazali, ham foydali yegulik tayyor!

Makaron mahsulotlari

Makaron mahsulotlarini nafaqat bolalar, balki kattalar ham sevib iste'mol qiladi. Chunki tez pishadi, arzon hamda mazali. Afsuski, bunday vaqt va moliyaviy tejash kelajakda ancha jiddiy xarajatlarga sabab bo'lishi mumkin. Gap shundaki, makaron va yarim tayyor mahsulotlarning ko'pchiligi ftalatlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, barcha ftalatlarning aksariyati pishloq kukunida mavjud. Qolaversa, makaron mahsulotlar yuqori xolesterin va shakarga ega.

Umumiy qilib aytganda, bolalarni oziqlantirishda imkon qadar tabiiy mahsulotlarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, ko'chadan tayyor yeguliklarni olish o'rniga, biroz vaqt sarflab bo'lsa ham uyda ishonchli tarzda ovqat tayyorlagan durust hisoblanadi.

Manba 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img