Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqida Toshkent shahar sudi sud'yasi Ikrom Almanov ma'lumot berdi.
ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to'lashdan bo'yin tovlasa;
uzrsiz sabablarga ko'ra o'z bolasini tug'ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa;
muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo'lgan bo'lsa;
o'z bolalarining hayoti yoki sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa.