Bolalar nafaqasini chindan unga muhtoj oilalarga berish ta‘minlanadi

04.12.2023 17:40
eye icon1089
Bolalar nafaqasini chindan unga muhtoj oilalarga berish ta'minlanadi

So'nggi yillarda O'zbekistonda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishida bir qancha holatlarda o'ziga to'q oilalar ushbu turdagi nafaqalarni olishi kuzatilgan. Bu haqda Pensiya jamg'armasi ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ayrim o'ziga to'q fuqarolar o'z mulklarini qarindoshlari nomiga rasmiylashtirib, bolalar nafaqasi va moddiy yordam olib kelgan.

“Shu va boshqa turdagi holatlarning oldini olish, bolalar nafaqasi va moddiy yordamni chindan ham unga muhtoj oilalarga etib borishini ta'minlash maqsadida joriy yilning 10-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining yangi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, 2024-yil martdan boshlab oilaning nomiga rasmiylashtirilmagan, lekin foydalanuvida bo'lgan avtotransport vositalari, ko'chmas mulklari, chorva mollari fuqarolarning arizalariga muvofiqligi joyiga chiqqan holda o'rganilish tartibi joriy qilinadi. Bu orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishida adolat mezonlari mustahkamlanadi”,— deya xabar bergan jamg'arma.

Avvalroq Pensiya jamg'armasi bo'lim boshlig'i Sardor Fayzullaev ushbu qaror bilan 2024-yil 1-apreldan boshlab “Yagona interaktiv davlat xizmatlari” portali orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam olish uchun onlayn murojaat qilish tartibi joriy etilishini aytgandi.

“Bunda onlayn arizani fuqarolar yoki ularning nomidan (fuqaro roziligi bilan) Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududlardagi xodimlari kiritishi mumkin bo'ladi”,—degan jamg'arma mas'uli.

Yana bir yangi tartibga binoan, 2023-yil dekabrdan boshlab bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilaning iqtisodiy ahvoli har oyda o'rganib boriladi. Agar oilaning iqtisodiy holatida yaxshilanish kuzatilsa, masalan, u mol-mulk, yangi avtomobil xarid qilgani aniqlansa, dastur moddiy yordam berish mezonlarini qaytadan avtomatik o'rganadi. Oila o'sha mezonlarga mos kelmay qolgan taqdirda, pul berish to'xtatiladi.

“Amaldagi tartibda bolalar nafaqasi tayinlangan oilaning iqtisodiy holati bir yil ichida yaxshilansada, unga belgilangan muddat davomida pul berish to'xtatilmas edi. Chunki buning huquqiy asosi bo'lmagan. Yangi qaror bilan shu asos yaratildi. Endi dastur barchasini avtomatik tarzda aniqlaydi. Aytaylik, nafaqa tayinlangan fuqaro mashina sotib olsa, Ichki ishlar vazirligi axborot tizimi orqali dasturga ma'lumot kelib tushadi va o'sha oilaga moddiy yordam berish to'xtatiladi”—degan Sardor Fayzullaev.

Ma’lumot uchun, O'zbekistonda 2,2 milliondan ortiq kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari to'lanmoqda. 2023-yilda ushbu to'lovlar uchun davlat budjetidan jami 12,2 trillion so'm yo'naltiriladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img