Bola parvarishlash ta’tili haqida so'z borganda ko'pchilik bu turdagi ta’tilni faqatgina onaga beriladi, deb hisoblaydi. Biroq qonunchilikka ko'ra, bola parvarishlash ta’tili ota yoki onaning biriga beriladi. Ya’ni ota ham bola parvarishlash ta’tiliga chiqish huquqiga ega.
Shuningdek, bola parvarishlash ta’tilining kamida uch oyi ota tomonidan foydalanilgan taqdirda, ota yoki onadan biriga O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi tartibida qo'shimcha bir oy nafaqa to'lanadigan bola parvarishlash ta’tili beriladi.
Bundan tashkari, ikki yoshga to'lmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi beriladi.