"Bahor, bahor, kelding sen bahor..." yoxud azaga aylangan bayram

24.03.2022 15:15
eye icon2421
"Bahor, bahor, kelding sen bahor..." yoxud azaga aylangan bayram

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanidagi maktablarning birida o'quvchi qiz raqc tushayotgan vaqtida hushidan ketib, vafot etgani haqida xabar tarqaldi.

Rasmiylarning ma'lum qilishicha, joriy yilning 19 mart kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi 33-maktabda 2005 yilda tug'ilgan o'quvchi qiz Navro'z bayrami tadbirida raqs tushayotgan vaqtida hushidan ketib, vafot etgan. Marhuma qizning yoshligidan tutqanoq (epilepsiya) kasalligi bilan kasallanib kelgani ma'lum qilingan. O'quvchini hushidan ketish holati kuzatilgan vaqtida maktab ma'muriyati tomonidan shoshilinch tez tibbiy yordamga murojaat qilingan. Biroq voqealar rivojidan ma'lum bo'lganidek, shifokorlar qizning hayotini saqlab qola olmagan.

Mayli, aytilganidek o'quvchi qizning vafotiga epilepsiya sabab bo'lgandir. Ammo bog'chadan tortib oliy ta'lim muassasasiyu, davlat idoralarigacha kirib borgan bayrambozlik ham marhumaga salbiy ta'sir qilgan bo'lishi mumkin. Havo harorati past darajada bo'lishiga qaramay qizlarning o'rtaga chiqib raqs tushishisiz bayram o'tmay qoladimi? Albatta o'yin-kulgi, bayram shukuhi yaxshi, lekin avvalo bolalarning salomatligini ham hisobga olish kerak. Bugunga qadar bundan battar holatlarni ham ko'rdik. Sovuq havoda maktabga kelgan paltodagi amaldor atlas ko'ylakdagi qizlarning pushvoz chiqqani, yomg'ir sharros quygan vaqtda bir kattakon soyabon tagida boshqalar bilan muloqotda bo'lgani va hokazolar so'zimizning isbotidir.

Biz qaysidir Evropa davlatiga havas qilishdan yiroqmiz. Ular bayramlarda tadbirbozlik qilmaydi, ulardan o'rnak oling demaymiz. Shunchaki "Inson qadri uchun" degan shiorni faqatgina bannerlarga yozib ko'tarib yurish, tashkilot, idora va muassasalar peshtoqiga ilib qo'yish, televizorga chiqib gapirish emas, amalda ko'rsatilishini istaymiz. Zero, bolalar ham inson. Inson bo'lgandaki... Bizning ertangi kunimiz, kelajagimiz tayanchi bo'lgan insonlar. Ularni ortiqcha rasmiyatchilik, tadbirbozlik bilan "halok" qilmaylik. Iltimos...

Sherali Soliev

"bolalarolami.uz" internet nashri muharriri

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img