O‘zbekistonlik o‘quvchilar Singapurdagi jahon chemionatidan sovrinlar bilan qaytishdi

16.10.2023 00:49
eye icon1262
O'zbekistonlik o'quvchilar Singapurdagi jahon chemionatidan sovrinlar bilan qaytishdi

O'zbekistonlik maktab o'quvchilari Singapurda bo'lib o'tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida bronza medalini qo'lga kiritishdi.

“Biz Singapurga kuchli jamoani olib keldik, ular qisqa vaqt ichida xalqaro chempionatga a'lo darajada tayyorgarlik ko'rishdi. O'zbekistonda robototexnika yildan-yilga jadal rivojlanmoqda”, — deya o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi jamoa ustozi Safina Teshabaeva.

First Global Challenge — har yili turli mamlakatlarda o'tkaziladigan robototexnika bo'yicha jahon chempionati hisoblanadi. Bu yilgi chempionatda 191 davlatdan vakillar ishtirok etishdi. Terma jamoamiz bu musobaqada ishtirok etish uchun 100% grant yutib olgan.

Terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:

1. Shukrullo Sodiqov – Buxoro shahri,

2. Mahkambek Teshabaev – Toshkent shahri,

3. Nazarboy Rahmonov – Toshkent shahri,

4. Abdulaziz Mirahmedov – Toshkent shahri,

5. Aydar Ermuxon – Toshkent shahri.

Ma'lumot o'rnida: O'zbekiston terma jamoasi ushbu chempionatda ikkinchi yil ishtirok etmoqda.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logox-social-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img