Ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o'rtacha ko'rsatkichini hisoblash va uni oliy ta'lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
2022-2023 o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta'limning so'nggi 6 yillik baholari o'rtacha ko'rsatkichi kiritiladi va ushbu ko'rsatkich 2023-2024 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.
Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta'limning so'nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi ballga qo'shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.
Baholarning o'rtacha ko'rsatkichi 6–11-sinflardagi yoki 6–9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig'indisini o'qitilgan fanlarga bo'lish orqali chiqariladi.
Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o'tkaziladi:
Ushbu tartib 2022-2023 o'quv yilidan qo'llanadi.
Mazkur qaror loyihasi Davlat test markazi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga qadar ishlab chiqilgan edi.