Etim bolalarga davlat tomonidan berilgan uy-joylarni o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius harajatlari undirilmaydi

02.10.2023 19:34
eye icon1077
Etim bolalarga davlat tomonidan berilgan uy-joylarni o'z nomiga rasmiylashtirishda notarius harajatlari undirilmaydi

Qonunchilikka ko'ra, etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o'z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko'chmas mulk ob'ektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish) davlat boji to'lashdan ozod etilishi belgilangan.

Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, nogironligi bo'lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda etim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishning oilaviy va boshqa muqobil shakllarini davlat tomonidan yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida:

1. Shunday tartib o'rnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil 1 iyuldan boshlab:

a) oilaviy bolalar uylariga Davlat byudjetidan mablag' ajratishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

oilaviy bolalar uylarining saqlash xarajatlari uchun Davlat byudjetidan mablag' ajratishda bir nafar tarbiyalanuvchiga to'g'ri keladigan xarajatlar miqdori hamda bolalar sonidan kelib chiqib, zarur mablag'lar ota-onalar nomiga ochilgan bank plastik kartalariga o'tkazib beriladi;

oilaviy bolalar uylarida bir nafar tarbiyalanuvchi uchun Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan oylik xarajatlar tarkibiga kommunal xarajatlar ham kiritiladi;

b) oilaviy bolalar uylari tomonidan iste'mol qilingan kommunal xizmatlar uchun to'lovlar jismoniy shaxslar uchun belgilangan narxlarda amalga oshiriladi;

Oldingi tahrirga qarang.

 

v) ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda hamda nogironligi bo'lgan bolalar kasb-hunar maktablarida ishlovchi mutaxassis, ishlab chiqarish, o'quv yordamchi, texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorda ustamalar to'lanadi.

(1-bandning «v» kichik bandi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 maydagi PF-79-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 31.05.2023 y., 06/23/79/0302-son)

2. Quyidagilar:

2021 yilda eshitish qobiliyati zaif bolalarning odatiy hayotga moslashuvini osonlashtirish uchun xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birgalikda 4 ming dona zamonaviy eshitish moslamalari ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan zaif eshituvchi bolalarga etkazib berilishi natijasida ularning eshitish qobiliyati yaxshilanib, umumta'lim fanlarini o'zlashtirish darajasi oshganligi;

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlarida maktabgacha yoshdagi nogironligi bo'lgan bolalarga ta'lim berish bilan birgalikda, reabilitatsiya xizmatlarini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan bittadan «Imkon» ko'p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Xalq ta'limi vazirligi (B. Saidov), Sog'liqni saqlash vazirligi (B. Musaev) va Moliya vazirligi (T. Ishmetov) zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarini 2022 yil yakuniga qadar zamonaviy eshitish moslamalari bilan to'liq ta'minlasin, 2023 yildan boshlab esa, ehtiyojdan kelib chiqib, zamonaviy eshitish moslamalarini muntazam ravishda xarid qilish amaliyotini joriy qilsin.

Vazirlar Mahkamasi 2023 — 2025 yillarda qolgan 10 ta hududda reabilitatsiya markaziga ega bo'lgan «Imkon» ko'p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish va maktabgacha yoshdagi nogironligi bo'lgan bolalarni ushbu muassasalar bilan qamrab olish choralarini ko'rsin.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img