Kitobxonlik sari odimlar

17.03.2022 10:51
eye icon2040
Kitobxonlik sari odimlar

Kecha, 16 mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 272-o'rta umumta'lim maktabida kitobxonlikka bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Unda bolalarga kitob ulashilib, kitoblar haqida ma'rifiy suhbatlar uyushtirildi. Xususan, Respublika bolalar kutubxonasi "Ma'lumot bibliografiya" bo'limi bosh bibliografi Shoxista Sattorova hamda "Madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkillashtirish" bo'limi tashkilotchisi Zarina Yuldashevalar  ikkinchi va uchinchi sinf o'quvchilari davrasida mehmon bo'lishdi. Ularga Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati, u erda yosh kitobxonlarga  taqdim qilinayotgan kitoblar, badiiy adabiyotlar va kitobxonlikning ahamiyati haqida so'zlab berishdi. O'quvchilarga she'riy,  ertak va hikoyalar to'plamlarini sovg'a qilishdi. Bolajonlar esa  mehmonlarga o'zlarining o'qigan kitoblari haqida so'zlab, yod olgan she'rlaridan aytib berishdi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img