Namangan shahrida qaynota ikkinchi guruh nogiron bo'lgan kelinini va 8 yoshli qiz bola nabirasini kaltaklagan.
Janjal shaharning Usmon Nosir mahallasida sodir bo'lgan. Mojaroga ikki ovsinning o'zaro dahanaki janjali sabab bo'lgan.
Qaynota vaziyatga noto'g'ri baho berib, kelin va uning 8 yoshli qizini kaltaklagan. Ayni vaqtda kaltaklangan kelin Ichki ishlar organiga murojaat qilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, oila avvaldan bu kelinga zulm o'tkazib kelgan. Kelinning oilasi shu paytgacha hech kimga indamagan.