Bolalardagi kuyishlar va ularning oldini olish maxsus vaziyatlar

16.08.2023 00:36
eye icon1180
Bolalardagi kuyishlar va ularning oldini olish maxsus vaziyatlar

Issiq suv, isitiladigan jismlar yoki pirotexnika bolalar kuyishining keng tarqalgan sabablari hisoblanadi. Shuningdek, quyosh nurlari ta'sirida kuyish ehtimoli haqida ham unutmaslik lozim.

Ovqat pishirish paytida maxsus ehtiyot choralari:

Ovqat pishirayotganda, har doim gaz plitasi/ o'choq yoki duxovka (pishiriq tayyorlovchi moslama) yonida bo'ling va pishirilayotgan taomni hech qachon qarovsiz qoldirmang! Kastryulkalar, choynaklar, tova, qahva idishi gaz plitasi ustida turganida, ularning tutqichlarini bolaning qo'li etmasligi uchun doimo devor tomonga burib qo'yish kerak. Yana nima qilish mumkinligi quyida keltirilgan:

• Katta yoshli bolalarning gaz plitasi, mikroto'lqinli pech va boshqa isitish moslamalarini ishlatishini kuzatib boring va agar kerak bo'lsa, ulardan foydalanishni cheklang.

Iloji bo'lsa, ovqatni gaz plitaning orqa yoqish moslamasida pishiring.

• Yosh bolalar va kichkintoylar gaz plitasi/o'choq yonida yoki oshxonada bo'lmasliklari lozim!

• Hech qachon bolani va issiq suyuqlik yoki ovqat solingan idishni bir vaqtning o'zida ko'tarib yurmang!

• Hech qachon bolalar oldida issiq ovqat va suyuqliklarni qarovsiz qoldirmang!

• Bola qo'li bilan tortib olishi mumkin bo'lgan dasturxonli stolda hech qachon issiq ovqatni qoldirmang!

Issiqlik manbai ochiq bo'lgan (masalan, yoqilgan dazmol) yoki biror taom pishirilayotgan joyda yosh bolani qarovsiz qoldirmang!

• Katta yoshli bolalarga isitish moslamalarini to'g'ri ishlatishni o'rgating va agar kerak bo'lsa, ulardan foydalanishni cheklang.

Cho'milish paytida maxsus ehtiyot choralari:

• Bolalarni cho'miltirishdan oldin suvning haroratini tekshiring!

• Suv isitkichdagi haroratning balandligini cheklang termostatning balandlik - darajasini 60 °C qilib qo'ying.

• Agar bolani cho'miltirsangiz, avval sovuq suvni, keyin issiq suvni yoqing.

Farzandingizni vanna/tog'oraga qo'yishdan oldin, suvning haroratini tekshiring va hech qachon uni qarovsiz qoldirmang!

Pirotexnika bolalarga mo'ljallanmagan!

Bolalar nazoratsiz bengal chiroqlari bilan o'ynashlariga yo'l qo'ymang. Shuningdek, bolalar o'zi mustaqil otashin (petarda) va feerverklardan foydalanishiga yo'l qo'ymang!

Farzandingizni quyosh nuridan saqlang!

Farzandingizni ertalab soat 10:00 dan kechki 17:00 gacha quyosh nurlari ostida bo'lishidan saqlang. Bolalar boshini himoya qiluvchi bosh kiyimlardan (panama yoki soyabonli keng qalpoq/shlyapa), ochiq rangli kiyimlardan, shuningdek, ularning terisi uchun mo'ljallangan va ishlab chiqaruvchining ko'rsatmalariga muvofiq ishlatilishi kerak bo'lgan quyoshdan yuqori himoya qiluvchi, suv o'tkazmaydigan kremlardan foydalaning.

 

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img