Ko‘krak so‘rg‘ichlarining og‘rishi

08.08.2023 07:05
eye icon1193
Ko'krak so'rg'ichlarining og'rishi

Ko'krak so'rg'chining og'rishi va yorilishi keng tarqalgan muammo hisoblanadi, ayniqsa emizishning boshida ko'p kuzatiladi. Ular emizishni qiyinlashtirishi, bezovtalikni keltirib chiqarishi va ba'zida emizishdan bosh tortishga olib kelishi mumkin. Baxtimizga, bu muammoning oldini olish va agar yuzaga kelgan bo'lsa, uni tez va muvaffaqiyatli davolash usullari bor.

Ko'krak so'rg'ichlari og'riqli bo'lishining eng ko'p uchraydigan sababi emizish texnikasining buzilishidir. Bu bola ko'krakka noto'g'ri tutilganda, ya'ni emish vaqtida ko'krakni og'ziga to'liq ololmaganida kelib chiqadi.

Boshqa sabablarga quyidagilar kirishi mumkin:

 sut bezlarining noto'g'ri gigienasi: ko'krakni oddiy sovun bilan tez-tez yuvish va spirt tutuvchi vositalar bilan artish uni "quritadi", zaiflashtirib, kichik yoriqlar paydo bo'lishiga olib keladi, ular esa keyinchalik og'riqli yoriqlarga aylanadi;

• ko'krak bezining dag'allashishi;

• infektsiya (masalan, bolaning og'iz bo'shlig'idagi zamburug'li bakteriyalar, qo'pol tarzda sog'ish, bolaning birinchi tishlari bilan zarar etishi);

til yuganchasining kaltaligi;

individual sezuvchanlik.

Alomatlar va belgilar

• Areola yoki so'rg'icnlarda og'riq bo'lishi.

Emizgandan so'ng, ko'krak so'rg'ichi notekis, issiq, qizargan, qiyilgan va qontalashgan bo'lishi.

• Ko'krakning o'zi dag'allashgan va shishgan bo'lishi, sutda qon aralashmalari yuzaga kelishi mumkin.

Yorilishning oldini olish

Agar ko'krakdagi yoriqlarning sabablarini bilsangiz, ularning oldini qanday olish mumkinligini ham bilasiz. Ko'krak bilan emizish og'riqli bo'lmasligi kerak; bolaning og'zidan so'rg'ichni chiqarganingizda u yassi va shakli o'zgargan bo'lmasligi lozim.

Bolaning ko'krakka qanday tutilganini tekshiring, agar zarur bo'lsa, uning holatini to'g'rilang.

Qo'lingizni muntazam yuving.

Agar zamburug'li infektsiya rivojlansa, uni davolash kerak.

• Emizish uchun mo'ljallangan moslamalardan foydalanishdan saqlaning, chunki ular infektsiyani keltirib chiqaradi.

• Emizishdan so'ng ko'krak so'rg'ichini iliq suv bilan yuving, quriting (engil teginishlar bilan, qo'pol ishqalamasdan) va tiklanish uchun so'rg'ich sohasiga ko'krak sutini surting va keyin ko'krakni bir muddat ochiq qoldiring.

Davolash

• Sut oqimini rag'batlantirish uchun emizishdan oldin ko'krakka iliq kompresslar qo'ying; og'riq emizishning boshida, sut oqa boshlagunga qadar kuchli bo'ladi.

• Har bir emizishni kamroq og'riyotgan ko'krakdan boshlang.

• Emizish davriyligini cheklamang; emizish sonini kamaytirmang.

• Agar shikastlangan joydan qon ko'p ketsa, 1-2 kun davomida bu ko'krakdan emizmang. Shu vaqt ichida uni har 2-3 soatda qo'lda sog'ish orqali muntazam ravishda sutdan bo'shating. Bolaga sutni choyqoshiqda bering.

Bu choralarning barchasi bir necha kun ichida yaxshilanishga olib kelishi kerak. Agar bezovtalik ketmasa, qizarish va og'riq ko'rinishida achishish hali ham bor bo'lsa, sizda so'rg'ichlarning infektsiyasi bo'lishi mumkin. Uni ko'pincha bakteriyalar (tillarang stafilokokk) yoki zamburug'lar (kandida) qo'zg'atadi, shuningdek, ular aralash uchrashi ham mumkin. Davolash uchun siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Shifokor chaqaloq bilan bog'liq muammo, masalan, davolanishi kerak bo'lgan zamburug'li infektsiya (kandidoz) yoki tuzatish kerak bo'ladigan tilning kalta yuganchasi bor-yo'qligini tekshiradi.

So'rg'ichlar emizish uchun juda og'riqli bo'lsa ham, siz bolani emizishingiz uchun sutni

sog'ishingiz kerak bo'ladi. Agar ko'krakni muntazam bo'shatmasangiz, sut yo'llari berkilib, mastit paydo bo'lishi mumkin. Ko'krakni sutdan muntazam bo'shatmaslik sut ishlab chiqarishning kamayishiga ham olib keladi.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img