Buxorolik o‘quvchi rekord natijaga erishdi

03.08.2023 10:59
eye icon1383
Buxorolik o'quvchi rekord natijaga erishdi

Buxoro shahridagi 2-umumta'lim maktabi bitiruvchisi Parviz Tuksanov o'tgan o'quv yilida bilish darajasini belgilovchi xalqaro IELTS imtihonida 8.5 ballni qo'lga kiritib, bu borada mamlakatimiz yoshlari orasida eng yaxshi natijani qayd etgan edi.

 Joriy yilda esa u SAT imtihonida 1560 ballni qo'lga kiritib, rekord natijani qayd etdi.

SAT imtihoni –  “akademik baholash testi” bo'lib, abiturientlarning tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini tekshirish uchun o'tkaziladigan xalqaro imtihon. Dunyoning eng nufuzli oliygohlarida o'qish istagida bo'lgan yoshlar, albatta SAT sertifikatiga ega bo'lishlari shart. 

Parvizning maqsadi – TOP-5 talikka kiruvchi oliygohlarda tahsil olib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shish.

Maqola muallifi

bolalar olami Logo

Bolalarolami.uztahririyati

Maqolaga baho bering

Ulashish

    telegram iconfacebook-logo
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img
  • dunyoBola-img