Oila kodeksining 79-moddasiga ko'ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
1) ➖ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to'lashdan bo'yin tovlasa;
2) ➖uzrsiz sabablarga ko'ra o'z bolasini tug'ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
3) ➖ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa;
4) ➖muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo'lgan bo'lsa;
5) ➖o'z bolalarining hayoti yoki sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa,
Ota-onalar (yoki ulardan biri)tomonidan bolalarga nisbatan yuqorida ko'rsatilgan holatlar sodir etilsa ular sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.