Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘iga ko‘ra, sinf rahbarlari ta’lim muassasasi direktori tomonidan o‘qituvchilar orasidan tanlanadi va ozod etiladi.
Sinf rahbari quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
— kamida 3 yillik pedagogik ish staji;
— maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat yuritishi;
— boshqaruvchanlik qobiliyati va o‘quvchilar bilan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi zarur.
Boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi o‘sha sinflarga tayinlangan o‘qituvchilarga beriladi.